NRG U-Tower — Toshkent xaritasidagi yangi balandlik

Poytaxtimizda iste’molchilarning har qanday didi va byudjetiga mos keladigan ko‘plab turar joy majmualari barpo etilmoqda. Ammo, hamma yangi qurilgan binolar ham qulay yashash sharoitlari, o’zgacha qulayliklar, smart tizimlari, o’ziga xos me’moriy dizayn va qulay joylashuvi bilan maqtana olmaydi.

NRG poytaxtning yangi diqqatga sazovor joyi — U-Towerni taqdim etadi.

Ko’p funktsiyali U-Tower turar joy majmuasi biznes-klassdagi loyihadir. Bu hashamatli ko’chmas mulk injiq xaridorlarni ham befarq qoldirmaydi. Zamonaviy va betakror arxitektura dizayni qulay va baxtli hayot uchun zarur barcha narsalarni taqdim etadi.

U-Tower joylashuvi NRG kompaniyasiga shaharni ko’p funktsiyali noyob arxitektura asari bilan bezashi uchun katta mas’uliyat yuklaydi.

U-Tower dizayn tanlovida dunyoning yetakchi arxitektura firmalari ishtirok etdi. Jumladan, Zaha Hadid, DP Architects Pte. Ltd., Benoy, INK Architects va boshqalar. NRG nomi ostida Murad Buildings va BI Group kompaniyalarining boy qurilish tajribasi va malakasidan ham foydalanildi. Fasad yechimida mamlakat iqlimining o‘ziga xos xususiyatlari, hududning seysmikligini hisobga olgan holda konstruksiyaning mustahkamligi va ishonchliligiga alohida e’tibor qaratildi.

Binoning konturlari lotin harfi “U”ni anglatadi. Sharhlar turli xil bo’lishi mumkin. Agar bino qulaylik va ishonchni qadrlovchi hamfikrlarni birlashtirishini hisobga olsak, U inglizcha United so’zining ramziy timsoli bo’lishi mumkin. Bu funksiyaga hamohang shakl butun bino uchun o’zgacha jilov taqdim etadi. U-Towerning ko’rinishi bir qarashda sizni g’ayrioddiy narsalarni og’ushiga ko’madi. G’ayrioddiy narsalar esa bu yerda talaygina.

Yorqin va hayajonli his-tuyg’ularni keltirib chiqaradigan 26-qavatdagi kuzatuv maydonchasini hech narsaga teng qilib bo’lmaydi. Bu sizga turar joy majmuasi hududidan chiqmay turib go’zal quyosh botishi va chiqishidan bahramand bo’lish imkoniyatini beradi. Bu yerdan bir qarashda ko’rinib turadigan Chimyon tog’larining go’zalligidan bahramand bo’lishni o’ylashning o’zi yoqimli. Bayramlarda esa bayram kunlari Xalqlar do‘stligi maydoni yaqinida otiladigan feyerverklarni tomosha qilish mumkin.

Smart Home sizga uyingizni mobil ilova orqali, hatto masofadan turib ham boshqarish imkonini beradi. Smart Remont — «barmoqlaringiz uchida ta’mirlash» desa ham bo’ladi.

Bu xonadon planirovkasini, dizayni va ranglar palitrasini tanlash imkonini beruvchi dastur.

Smart Remont — «barmoqlaringiz uchida ta’mirlash» desa ham bo’ladi. Bu xonadon planirovkasini, dizayni va ranglar palitrasini tanlash imkonini beruvchi dastur. U orqali siz vklyuchatellarga qadar hamma narsani tanlashingiz mumkin. Tizim hisob-kitob qiladi va xonadon egasiga aniq summani taqdim qiladi. Bunday holda, xonadonni ta’mirlash uni nazorat qiluvchi quruvchiga ishonib topshiriladi. Mijozlar jarayonlarni masofadan kuzatishi mumkin. Ishlab chiqaruvchilar va mahsulotlarning asosiy yetkazib beruvchilari bilan aloqalar tufayli kompaniya mijozlari uchun qurilish va pardozlash materiallari narxi do’konlardagidan ham past bo’ladi.

Mijozlar “Smart Remont” va “Smart Home”ni qo’shimcha to’lov evaziga xarid qilishlari mumkin.

City House — bu o’z hovlisi bo’lgan kvartira. O’z hududi bo’lishini istovchilar uchun mehmonxonadan to’g’ridan-to’g’ri shahar manzarasiga ega hovlining yashil maysazoriga chiqish tashkillashtirilgan. Ushbu imkoniyatli xonadonlar cheklangan miqdorda.

NRG Clients shaxsiy xizmat ko’rsatishi oilalarning majmuada yashashini qulay va betashvish qiladi. NRG Clients butun majmuada tozalik va tartibni ta’minlaydi. Xizmat umumiy mulkni sinchkovlik bilan boshqaradi va barcha yashovchilarga qulay hayotni ta’minlash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi.

U-Tower — shubhasiz, Smart tizimi va qulayliklari bilan arxitekturaning diqqatga sazovor joyiga aylanadi. Bino ajoyib silueti g’ayrioddiy shakli, balandligi va joylashuvi bilangina ajralib turmaydi. U zamonaviy jamiyatning uzluksiz va muvaffaqiyatli rivojlanishi ramziga aylanadi.

Понравилось? Поделитесь с друзьями:
Share on facebook
Share on linkedin
Share on telegram

Ortiqcha xarajatlarsiz quramiz.

Qandan qilib uy qurilishida pul tejash mumkin? Qanday qilib firibgarlik qurboni bo’lmaslik va qurilish materiallari uchun ortiqcha pul sarflamaslik mumkin? Bu va boshqa ko’plab savollarga

.jpg

Строим без лишних трат.

Как сэкономить на строительстве дома? Как не стать жертвой обмана и не переплатить за стройматериалы? Ответы на эти и многие другие вопросы есть в нашем

Compare listings

сравнить