Zamonaviy dunyoda Sharq oroli, qadrdon narsalar yangi talqinda – Sag’bon turar joy majmuasi. Uning pardozlash ishlari uchun tabiiy ranglar va materiallar tanlangan, ular kirishdan boshlab sizni sokin va shinam muhitga cho’mdiradi. Hududning rivojlangan infratuzilmasi, qisqa masofada joylashgan ko’plab ijtimoiy obyektlar afzalliklar ro’yxatini to’ldiradi.