NRG U-TOWER – innovatsiyalar baxtli hayotingiz posbonlari

Poytaxtning qoq yuragida joylashgan noyob majmua barcha aholi uchun yuqori texnologiyalar va shaksiz qulayliklar olami tomon eshik ochishga tayyor.

Uning derazalaridan shaharning ajoyib manzarasi ochilib, butun Toshkent kaftingizda namoyon boʻladi.

Kompleks yaqinida zamonaviy odamlar uchun ehtiyojlari uchun barchasi mavjud. Piyoda yetib olish mumkin boʻlgan masofada korzinka.uz supermarketi, bolalar bogʻchalari, Tashkent City istirohat bogʻi, «Xalqlar doʻstligi» saroyi, poytaxt sirki, Samarqand darvoza savdo markazi va boshqalar joylashgan. Shunday qilib, qulay joylashuv NRG U-TOWER’ni tanlagan har bir kishini mamnun etadi. Bundan tashqari, qulay transport tizimi har qanday manzilga oson va tez yetib olish imkonini beradi.

Ammo NRG U-TOWER’ning afzalliklari faqat shu bilan kifoyalanib qolmaydi. Majmua barcha aholining hayotini sezilarli darajada yaxshilaydigan eng yaxshi yechimlarni oʻzida mujassam etgan.

Misol uchun, butun uy kechayu kunduz video kuzatuvi ostida, bu siz va yaqinlaringiz uchun mutlaq xavfsizlikni taʼminlaydi.

Moʻjazgina hovlida bolalar va kattalar uchun turli dam olish maskanlari yaratilgan bo‘lib, u yerda bolalar mutlaqo xavfsiz sharoitda tengdoshlari bilan ochiq havoda o‘ynashlari, kattalar esa yoqimli havodan zavqlanishlari, qo‘shnilar bilan suhbatlashishlari yoki kitob o‘qishlari mumkin.

Siz mehmonlarni oʻz shaxsiy zalingizda kutib olishingiz va chiroyli tadbir oʻtkazishingiz mumkin, u yerda barcha qarindoshlaringiz va doʻstlaringiz bemalol yigʻilishlari mumkin, restoran yoki kafe ijarasi uchun ortiqcha harakat qilishingiz ham shart emas.

Binoda joylashgan sport zali esa sogʻlom turmush tarzi tarafdorlari va sport bilan shugʻullanuvchilarni xursand qilishi aniq. NRG U-TOWER’da siz uyingizdan chiqmasdan intensiv mashgʻulotlarni davom ettirishingiz mumkin.

Frilanserlar yoki 24/7 tartibida izlanuvchi va oʻz maqsadlariga intiluvchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan, maxsus jihozlangan va nihoyatda sokin koworking hududlari manzur boʻlishiga hech shubhamiz yoʻq.

Xulosa qilib aytganda, Toshkentning yangi choʻqqisi haqidagi suhbatimiz cheksiz davom etishi mumkin. NRG U-TOWER oʻz kontseptsiyasida haqiqatan ham noyobdir va yuzlab odamlarning farovon yashash joyiga aylanishga tayyor.

Понравилось? Поделитесь с друзьями:
Share on facebook
Share on linkedin
Share on telegram
kvadrat metr311 scaled

Quruvchilarni aldash endi sizga tahdid solmaydi!

Uy sotib olish – mas’uliyat va, albatta, katta moliyaviy sarmoyalarni talab qiladigan jarayon. Vijdonsiz odamlarning hiylalariga berilmang va ishonchli ishlab chiqaruvchilardan yangi binolarda ko’chmas mulk

Compare listings

Compare
Ads Blocker Image Powered by Code Help Pro

Ads Blocker Detected !!!

We have found that you are using AdBlock extensions. Some site features may not work. Please disable those extensions and refresh the page.

Powered By
100% Free SEO Tools - Tool Kits PRO