NRG Uzbekistan o‘zining Yunusobod hududidagi yangi loyihasi – NRG HAYOT sotuvi boshlanganini eʼlon qildi!

Biznes-klassdagi ushbu majmua Toshkentning eng baland nuqtasida, Teleminora yonida joylashadi. Joylashuvi tufayli majmuaning derazalari shaharning ajoyib manzaralariga qaraydi va rivojlangan infratuzilma hayotingizni imkon qadar qulay qiladi.

NRG HAYOT turar joy majmuasi arxitekturasi sharqona naqshlar ishlatilingan holda zamonaviy Yevropa uslubida yaratiladi. Fasadni bezashda, asosan, majmua statusini ko‘rsatuvchi tabiiy materiallardan foydalaniladi. Ishonchli texnik va muhandislik yechimlari, shu jumladan monolitik texnologiya ushbu turar joy majmuasining yuqori darajadagi qulayligini taʼminlaydi. Osudalikni kechayu kunduz video kuzatuv, qoravul va aqlli darvozalar bilan his qilishingiz mumkin.

Turar joy majmuasi har qanday didga mos, turli yoshdagi kishilarning ehtiyojlari inobatga olingan, turli planirovkalarga ega 56 xonadondan iborat bo‘ladi. Tadbirkorlar uchun birinchi qavatda baland shiftli tijorat va savdo maydonchalari, vitrajli oynalar, tungi yoritish va konditsioner uchun hozirdan o‘ylab qo‘yilgan joylar mavjud.

Ishonchimiz komilki, bu majmua o‘z nomini to‘liq oqlaydi — bu yerda qizg‘in hayotning eng yaxshi ko‘rinishi namoyon bo‘ladi!

Понравилось? Поделитесь с друзьями:
Share on facebook
Share on linkedin
Share on telegram
.jpg

Biz qo’shimcha xarajatlarsiz quramiz.

Uy qurish uchun pulni qanday tejash mumkin? Qanday qilib firibgarlik qurboni bo’lmaslik va qurilish materiallari uchun ortiqcha to’lamaslik kerak? Bu va boshqa ko’plab savollarga javoblar

Compare listings

Compare