Yangi qurilgan binolardagi pardozlash ishlarining turlari.

Yangi qurilgan binoda joylashgan xonadonning pardozlash ishlari uning shaylik holatiga qarab, dastlabki kum suvoq, xomaki sayqallash yoki tugal pardozlangan bosqichlarda boʻladi.

Yangi qurilgan binoda joylashgan va intizor boʻlib kutgan xonadoningiz siz umid qilgandek boʻlishi uchun pardozlash turlari, ularning ijobiy va salbiy tomonlarini oldindan bilib olganingiz yaxshi.

Dastlabki kum suvoq.

Bu eng minimal taʼmirdan chiqqan xonadon boʻlib, oʻzida quyidagilarni jamlaydi:

◾️ kirish eshiklari va ikki qatlamli, izolyatsiyalovchi oynalarni oʻrnatish;
◾️ isitish quvurlarini oʻtkazish, radiatorlar oʻrnatish;
◾️ muhandislik kommunikatsiyalari: issiq va sovuq suv taʼminoti, oqava suv tizimi, elektr tarmoqlari;
◾️ dastlabki sement qatlami yotqizilgan pol;
«nam joylar»: hammom va oshxona gidroizolyatsiyasi.

Afzalliklari – nisbatan arzonroq va oʻzingiz xohlagan uslubda taʼmirlab olishingiz mumkin.
Salbiy jihatlari – taʼmirlash koʻp vaqt va mablagʻ talab qiladi, asablaringizni esa yeb bitiradi.

Xomaki sayqallash yoki White Box.
Bu dastlabki kum suvoq va toʻliq pardozlash oʻrtasidagi bosqich. Xonadon kosmetik taʼmirlash ishlari uchun toʻliq tayyorlangan boʻlib, oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
◾️ xomaki qoralama ishlar;
◾️ elektr simlarini oʻtkazish;
◾️ quvurlar, koʻtargichlar va santexnika nuqtalarini oʻrnatish.

Afzalliklari – barcha «qora» ishlar bajarilgan, dizaynini yaxshilab oʻylab chiqish imkoniyati.
Kamchiliklar – katta oʻzgarishlar kiritishning imkoni yoʻq: xonadon rejasi, rozetkalar soni va santexnika joylashuviga koʻnishingizga toʻgʻri keladi.

Tugal pardozlangan.

Bu xonadon koʻchib oʻtishga tayyor va unga bemalol joylashish uchun bari oʻylab chiqilgan :

◾️ pol ustiga qoplamalar oʻrnatish, devorlarni boʻyash va gul qogʻozlarini yopishtirish;
покраска стен и поклейка обоев;
◾️ reja boʻyicha oʻchitib-yoqish moslamalari va rozetkalarni oʻrnatish, shift chiroqlarni joylashtirish;
suv va elektr energiyasi uchun hisoblagichlarni oʻrnatish;
◾️ oshxonaga gaz yoki elektr plita oʻrnatish;
◾️ hammomga santexnika moslamalari: rakovina, vanna uchun tos yoki dush kabinalarini oʻrnatish;
◾️ Qorishtirgichlarni oʻrnatish.

Afzalliklari – bunday xonadonning inkor etib boʻlmaydigan afzalligi – unga darhol koʻchib oʻtishingiz mumkin. Faqat jihozlar masalasini hal qilsangiz boʻldi.
Kamchiliklar – qurilish davomida qanday materiallardan foydalanilganini bilolmaysiz, shuning uchun ushbu taʼmir sizga qancha vaqt xizmat qilishiga kafolat yoʻq.

Xoʻsh, unda qay birini tanlash kerak?

Faqat xonadon sathi uchun qoʻlyilgan narx haqida emas, balki qulaylik hissi haqida ham chuqur oʻylab koʻring. Tezroq koʻchib oʻtishni istasangiz xomaki sayqallash bosqichini tanlang. Xonadonni qaytadan rejalashtirish uchun dastlabki kum suvoq holati mos keladi. Agarda siz ijara uyda yashasangiz va imkon boricha tezroq oʻz xonadoningizga koʻchmoqchi boʻlsangiz quruvchi tashkilotdan sifatli bajarilgan tugal pardozlangan xonadon koʻrsatishni soʻrang.

Bari Siz va sizning istaklaringizga bogʻliq.

Понравилось? Поделитесь с друзьями:
Share on facebook
Share on linkedin
Share on telegram
kvadrat metr311 scaled

Quruvchilarni aldash endi sizga tahdid solmaydi!

Uy sotib olish – mas’uliyat va, albatta, katta moliyaviy sarmoyalarni talab qiladigan jarayon. Vijdonsiz odamlarning hiylalariga berilmang va ishonchli ishlab chiqaruvchilardan yangi binolarda ko’chmas mulk

Compare listings

Compare