“Xon Saroy” qurilish bozorida “Navoiy City” brendi ostida 10 yildan ortiq faoliyat yuritib kelmoqda. Korxonaning asosiy bazasi Navoiy shahrida joylashgan bo‘lsa-da, poytaxtda zamonaviy uy-joylar qurmoqda. Developerlar o’z loyihalariga yuqori malakali mahalliy va xorijiy muhandislar hamda quruvchilarni jalb qiladilar. Kompaniya tomonidan 2021-yilda Toshkent va Navoiy shaharlarida 155 ming m² maydondagi 10 ta obyektda qurilish ishlari amalga oshirilib, buning natijasida 1050 ga yaqin uy-joy kalitlari o‘z egalariga topshirildi. Bugun esa kompaniya Toshkent va Navoiy shaharlarida 15 ta zamonaviy turar joy majmuasini qurmoqda.
No listing found.
Compare listings
Compare